VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI

VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI — Oʻrta Volga va Kuyi Kama havzasida Volga bulgʻorlari, fin-ugor xalqlari va b. barpo etgan davlat (10—14-a. lar). V.-K. B. 10-a. ning 2-yarmigacha Xazar xoqon-ligta qaram boʻlgan. Lekin 965-y. Kiyev Rusining buyuk knyazi Svyatoslav xazarlarni tor-mor keltirgach, V.-K. B. mustaqil davlatga aylangan. Poytaxtlari: Bulgʻor sh., 12-a. dan Bilar sh. Arab xalifaligi, Vizantiya, sharkiy slavyanlar va b. bilan savdo-sotiq munosabatlari olib borgan. Kiyev Rusi, keyinchalik Vladimir-Suzdal knyazligi bilan harbiy va savdo sohasida raqobatda boʻlgan. 1241-y. ga kelib moʻgʻullar tomonidan bosib olingan. 13-a. 2-yarmida Bulgʻoriya va Jukotin knyazliklari tashkil topgan. 14-a. 90-y. larida Amir Temur tomonidan tormor keltirilgan. 15-a. 30-y. larida V. – K. B. yerlarini ruslar bosib olganlar. Shundan soʻng faqat Kozon sh. mustaqil boʻlib qolib keyinchalik u Hozon xonligi markaziga aylangan. V. – K. B. Sharqiy Yevropaning oʻrta asr tarixida muhim rol oʻynab, tatar va chuvash xalklari madaniyatida sezilarli iz qoldirgan.


Lotin alifbosida maqola: VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ROSSIYA
XITOY
TOSHKENT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты