VOLGOGRAD VILOYATI

VOLGOGRAD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1936-y. 5 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kishi (1999), shaharliklar 76%. V. v. da 19 shahar, 32 shaharcha bor (1991). Markazi — Volgograd sh.

Volgograd viloyati Quyi Volga boʻyida dasht va chala choʻl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: gʻarbiy — oʻng sohil va sharqiy (Zavoljye) qismlarga ajratadi. Volgograd viloyatida neft, tabiiy gaz, osh tuzi va magniy tuzi (Elton koʻlida), fosforit konlari topilgan. Mineral buloqlar mavjud. Volgograd viloyatining iqlimi kontinental, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 8 dan — 12» gacha, iyulniki 23°. Yiliga 350 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Volga va Don. Yirik koʻllari: Elton, Gorkosolyonos; Simlyansk va Volgograd suv omborlari bor. Volgograd viloyati energetika asosini Volga GES, Volgograd GRESlari va b. issiqlik elektr markazlari tashkil qiladi. Metallurgiya (poʻlat sim-kanat, quvur, alyuminiy z-dlari), mashinasozlik (traktorsozlik, minora kranlari, podshipniklar, elektrotexnika, neft, oziq-ovqat sanoatlari uchun jihozlar) sanoatlari rivojlangan. Viloyatda kimyo va neft kimyosi (sintetik tola, sintetik kauchuk, shina, texnik rezina, azot-kislorod z-dlari) sanoatlari katta oʻrin egallaydi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yengil (asosan toʻqimachilik), yogʻochsozlik va oziq-ovqat (goʻsht, sut, un-yorma, yogʻ-moy, konserva) sanoati tarmoqlari rivojlanmoqda. Asosiy sanoat markazlari — Volgograd, Voljskiy, Kamishii, Uryupinsk, Mixaylovka. Volgograd viloyatida gʻalla ekinlaridan burdoy, tariq, texnika ekinlaridan xantal (gorchitsa) ekiladi, polizchilik (tarvuz), sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilikda koʻproqqoramol, qoʻy va choʻchqa boqiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Transportida t. y., suv yoʻli va avtomobil yoʻllari katta oʻrin tutadi. Volgograd viloyatida 8 oliy oʻquv yurti, 4 teatr, 5 muzey bor (1999).


Lotin alifbosida maqola: VOLGOGRAD VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
QOZOGʻISTON
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты