TURKTOZ

TURKTOZ — ot qoʻyib, toʻsatdan hujum qilib talontoroj qilish usuli. Ushbu harbiy taktik usul, asosan, turkiy xalqlar tomonidan harbiy harakatlar chogʻida qoʻllangan. Turktozdan asosiy maqsad gʻanim qalbiga gʻulgʻula solish, shax. ar, qishloqlarga qoʻqqisdan hamla qilish, dushman kuchlarini parokanda qilish, zarur boʻlganda, «til» olish, turli shakldagi oʻljani qoʻlga kiritish va h. k. hisoblangan. Turktoz aksariyat yengil qurollangan, miqsoran uncha katta boʻlmagan suvoriy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur amaliyotni bajaruvchi suvoriylar toʻdasi qoraxoniylar armiyasida aqinchi (selday tez keladigan, hujum qiladigan), temuriylar qoʻshinida chopqunch i , shayboniylar lashkarida yurtovul istiloxlari bilan yuritilgan.


Lotin alifbosida maqola: TURKTOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HARBIY SANʼAT
TEMURIYLAR
TOSHKENT
QORAXONIYLAR DAVLATI
TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты