VOLEYBOL

VOLEYBOL (ing. volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9×18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Voleybol AQSHda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-y. asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-y. dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949-y. dan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.

V. Oʻzbekistonda 1920-y. dan oʻynaladi. OʻzR 1991-y. Xalqaro Voleybol federatsiyasiga, 1992-y. Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi b-n 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: VOLEYBOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты