TURKU, Abo — Finlyandiyaning jan. sharqiy qismidagi shahar. TurkuPori lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 172,1 ming kishi (2000). Boltik, dengizining Botnik qoʻltigʻi sohilidagi port. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Turkudan Shvetsiyaga parom qatnaydi. Mamlakatning savdosanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik, elektronika), toʻqimachilik, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. T. 12-a. oʻrtalarida finlarning shvedlar egallagan savdo qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Turku haqidagi ilk yozma maʼlumotlar 1154-y. ga oid arab manbalarida uchraydi. 13a. oʻrtalaridan 1809-y. gacha shvedlar maʼmuriyati markazi. 1809—12 (amalda 1819-y. gacha) Turku — Finlyandiya Buyuk knyazligi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan roman sobori (13 — 15-a. lar) va qasr (1280, 16—17-a. larda qayta qurilgan) saklangan.