TURKUM

TURKUM (genus) —1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi Turkumga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va b.) doʻlanalar Turkum iga birlashtiriladi. Turkumning ilmiy nomi bitta lotincha soʻz bilan yuritiladi. Turkumlar bitta, bir nechta, oʻnlab, hatto yuzlab turlardan tashkil topadi. Har bir Turkum (urugʻ) biror oila tarkibiga kiradi.

2) zoologiyada hayvonlar sistematikasidagi taksonomik kategoriya, bir necha oilani birlashtiradi. Sistematikada koʻpincha Turkum sinflarga bevosita emas, balki oraliq kategoriyalar (ustturkum, infra sinf, kenja sinf) orqali birlashtiriladi.


Lotin alifbosida maqola: TURKUM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
IBN SINO
KATTA OILA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты