TURLANISH

TURLANISH (tilshunoslikda) — otning, aksariyat olmoshlarning hamda harakat nomi va otlashgan sifatdoshlarning kelishik shakllari bilan oʻzgarishi: kitob — kitobning — kitobni — kitobga — kitobda — kitobdan kabi. Turlanish keng maʼnoda otlardagi soʻz oʻzgarishini bildiradi. Shu maʼnoda otlarning egalik affikslari olib oʻzgarishini qam Turlanish deyish mumkin. Turlanish qoidalari esa flektiv va agglyutinativ tillar morfologiyasining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Turlanish tizimi turli tillarda bir xil emas (kelishiklar, turlanish tiplari miqdorining har xilligi va b.) hamda tillarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida oʻzgarib turadi.

Otning Turlanishi maʼno talabi asosida yuz beradi, chunki ot kelishik shaklida qoʻllanib, gapda boshqa soʻzlar bilan grammatik aloqaga kirishadi, maʼlum sintaktik vazifani bajaradi. Mac: Musiqa dunyoni ham, koʻngillarni ham sexrga, totli tuygʻularga toʻldiradi.

Oʻzbek tilida har bir kelishik bir necha maʼnoni ifodalaydi, shunga koʻra, maʼlum bir kelishikdagi soʻz gapda har xil gap boʻlagi vazifasida keladi. Lekin kelishik maʼnolaridan biri asosiy boʻlib, kelishik shu asosiy maʼnoga koʻra nomlanadi. Kelishiklar boʻyicha Turlanish, asosan, otning feʼl bilan, otning ot bilan grammatik aloqasini koʻrsatadi.

Ilhom Madrahimov.


Lotin alifbosida maqola: TURLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MUSIQA
KITOB
GRAMMATIKA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты