VOLKOV Aleksandr Nikolayevich

VOLKOV Aleksandr Nikolayevich (1886.19.8, Fargʻona – 1957.17.12, Toshkent) — Oʻzbekistan xalq rassomi (1946). Toshkent rassomlik bilim yurtida oʻqituvchi (1919—46). Ijodini rangtasvir asarlar chizish bilan boshlagan («Anorli choyxona», 1924, Tretyakov galereyasida), «Tuyalar sahroda», «Sozandalar», «Ona», «Qozoq qizi» (hammasi —1926, Moskvada, rassomning oilasida), «Terimchi qizlar» (1932, Tretyakov galereyasida), «Temirchining ustaxonasi» (1929), «Shohimardonda tush payti» (1933, ikkalasi Arxangelsk Tasviriy sanʼat muzeyida) asarlarida Oʻzbekistan manzaralari va kishilarini gavdalantirgan. Asarlarida milliy xarakter, mehnatsevarlik, hayot shavqi aks ettirilgan («Brigadaning dalaga chiqishi», 1932—33; «Yoʻlsizlikka hujum», 1932— 34, ikkalasi Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyida; «Ekskavatorlarni yigʻish», 1935, Oʻzbekiston sanʼat muzeyida). Manzaralar (Fargʻona koʻrinishlari aks ettirilgan «Togʻ qishlogʻi» turkumi, 1926—27), portretlar (Hamza, 1946—56, Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyida; avtoportretlar, 1934, 1944, Oʻzbekiston sanʼat muzeyida), natyurmortlar («Dala gullari», 1955, Oʻzbekiston sanʼat muzeyida) ham yaratgan.

A. Volkov. «Avtoportret» (1939).


Lotin alifbosida maqola: VOLKOV Aleksandr Nikolayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
QOZOGʻISTON
QORAQALPOGʻISTON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты