TURMALIN

TURMALIN (nem. Turmalin, singalezcha tormalli — serdolikdan) — mineral, zanjirli silikatlar sinfiga mansub murakkab va oʻzgaruvchan tarkibli, borli alyumosilikat. Tarkibi va rangiga koʻra, Turmalin quyidagi turlarga boʻlinadi: temirli Turmalin: sherl yoki afritsit (kora), vardelit (yashil, indigolit (toʻq koʻk); magnezial Turmalin: dravit (qoʻngʻirsariq); litiy l i T.: elbait (och binafsha rang, pushti), rubellit (toʻq pushti); marganesli Turmalin: tellaizit va b. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallari choʻziq, ustunsimon; prizmalar, dipiramidalar hosil qiladi. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 7—7,5, zichligi 3—3,2 g/sm3. T. skarnlarda, granitli pegmatitlarda uchraydi. Turmalinning shaffof, tiniq, chiroyli xillari zargarlikda, yirik kristallari radiotexnikada ishlatiladi. Turkiston, Qoratepa, Pomir togʻlarining jan. qismida sherl kristallari topilgan. Zirabuloq, Nurota granitlarini tolasimon Turmalinning tim kora tomirlari yorib oʻtadi. Nurotada birinchi marta vanadiyli toʻq jigarrang Turmalin topilgan. Turmalin konlari xorijda RF (Ural, Baykal orti), Braziliyada, Madagaskar va Shri Lanka o. larida mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TURMALIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
LITIY
POMIR
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты