VOLOGDA VILOYATI

VOLOGDA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 23 sent. da tuzilgan. Vologda viloyati vda 15 shahar va 14 shaharcha bor. Mayd. 145,7 ming km2. Aholisi 1367 ming kishi (1999). Markazi — Vologda sh. V. v. ning yer yuzasi tekislik. Qazilma boyliklari: torf, qoʻngʻir temirtosh, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, osh tuzi va mineral buloqlar. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 14°, iyulniki 18». Yiliga 500 mm yogʻin tushadi. Eng yirik daryolari: Suxona, Yug, Mologa, Sheksna va b. V. v. dan Volga-Boltiq suv yoʻli va Shim. Dvina kapali oʻtadi. Koʻllari: Onega, Beloye, Kubena. Jan.-gʻarbida Ribinsk suv ombori bor. Tuproklari chimli-podzol, allyuvial va chimli karbonatli, botqoq tuproqlar. Mayd. ning 70 — 80% oʻrmon, 12% botqoqlik.

Vologda viloyati RFdagi eng yirik yogʻoch tayyorlash va yogʻochsozlik sanoati r-nlaridan biri. Yirik sellyuloza-qogʻoz k-tlari, qogʻoz, karton f-kalari, fanera korxonalari bor. Qora metallurgiya (Cherepovesda metallurgiya k-ti, Velikiy Ustyugda quyish-mexanika z-dlari) yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik (Cherepoves, Vologda), metallsozlik (arra, yogʻoch tilish ramalari, sudrash traktorlari, qogʻoz tayyorlash mashinalari va b. ishlab chikariladi), oʻrmon kimyosi, yengil sanoat ham muhim oʻrin tutadi. Oziq-ovqat sanoatida chorvachilik mahsulotlaridan sut, goʻsht, yogʻ, pishloq tayyorlanadi. Koʻllardan baliq ovlanadi. Badiiy hunarmandchilik (krujevo toʻqish va b.) rivojlangan.

Q. x. sut chorvachiligi va zigʻirchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — javdar, suli, arpa, tolali zigʻir, yemxashak ekinlari, kartoshka, sabzavot. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Vologda viloyati hududidan Moskva — Arxangelsk, Kirov — SanktPeterburg t. y. oʻttan. Volga-Boltiq suv yoʻli va Shim. Dvina suv sistemasida kemalar qatnaydi. Vologda viloyatida 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, 4 muzey bor.


Lotin alifbosida maqola: VOLOGDA VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
YER
YEVROPA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты