VOLOST

VOLOST (rus.) — Rossiyada uyezd tarkibiga kirgan quyi maʼmuriyhududiy boʻlinma. Turkistonda boʻlis, voʻlis deb yuritilgan. Volost 1861-y. gacha Rossiya hududida davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida maʼmuriyhududiy r-n sifatida tashkil qilingan. 1861-y. gi islohotdan soʻng, Rossiyaning hamma qishloq joylarida Volost quyi maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng, Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) obl., uyezd, Volost larga boʻlingan. Turkiston general-gubernatorligiga harashli joylar 5 obl., 27 uyezd va 603 Volostga boʻlingan (1917). Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng (1925-y. da) Oʻzbekiston hududida 241 Volost boʻlgan va 1926-y. gi iqtisodiy-maʼmuriy r-nlashtirishga qadar saqlanib turgan.


Lotin alifbosida maqola: VOLOST haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
JADIDCHILIK
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
XIVA XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты