VOLOST SUDI

VOLOST SUDI — Rossiyada umumiy sudlardan alohida turgan (ajratilgan) quyi tabaqa dehqon sudi (1861 — 1917). Hayʼati rais va sud maslahatchilaridan iborat boʻlib, mahalliy urf-odatlarga tayangan holda, dehqonlar turmushida koʻp uchraydigan fuqarolik va jinoyat ishlarini koʻrgan, 1861-y. gi yer islohotidan keyip qishloqlarda volost miqyosida dehqonlar oʻrtasidagi oldi-berdilarni, mulk taqsimlash va merosga oid ishlarni muxrkama qilgan. Volost sudi s (hayʼati aʼzolari) dehqonlarning umumqishloq yigʻinida saylangan, raisi yuqori maʼmuriyat tasdigʻidan oʻtkazilgan. Turkistonda volost (kent — q. Viloyat) qozi va biylari faqat hududiy jihatdan shahar qozi va biylaridan farqlangan. 1917-y. Oktyabr toʻntarishidan soʻng Volost sudi tugatilgan.


Lotin alifbosida maqola: VOLOST SUDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
ROSSIYA
XUSUSIY MULK
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты