TURNALAR

TURNALAR (Gruidae) — turnasimonlar turkumi oilasi. 4 urugʻga birlashgan 15 turi mavjud. Yirik, oyoqlari va boʻyni uzun, qanotlari nisbatan keng. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerika, Avstraliyada tarqalgan. Suvoldi yoki oʻta nam ekosistemalarda yashaydi. Mavsumiy migratsiya davrida qishlash joylariga katta gala boʻlib uchib ketadi. Uyasini yerga oʻsimliklardan yasaydi. 3—6 yoshida voyaga yetadi. Nasl uchun ikkala jins ham gʻamxoʻrlik qiladi. 2 — 3 ta tuxum qoʻyib, 1 oyga yaqin bosadi. Bolalari 2—3 oy oʻtgach, uchirma boʻladi. Jufti doimiy, uzoq saqlanadi. Yosh qushlar otaonasi bilan qishlov joyiga uchib ketadi; bahorda uya qurish joylariga qaytib kelgandan soʻng alohida yashay boshlaydi. Oʻsimliklar urugʻi, kurtagi, mevasi, hasharotlar, mayda kemiruvchilar, baliqdar, mollyuskalar va b. bilan oziklanadi. Oʻzbekistonda oq turna, kulrang turna va kichik turna uchib oʻtish davrida uchraydi. Jan. viloyatlarda kulrang turna qishlab ham qoladi. Oq turna Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: TURNALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TABIATNI MUHOFAZA QILISH
YER
ROSSIYA
OSIYO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты