TUROB TOʻLA

TUROB TOʻLA (taxallusi; familiyasi Toʻlaxoʻjayev, 1918.24.12 hoz. Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turbat qishlogʻi — 1990.20.4, Toshkent) — shoir, dramaturg va kinodramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1988). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent teatr bilim yurtida (1934 — 38), Toshkent ped. intining til va adabiyot ftida (1938—41) oʻqigan. «Yosh leninchi» gaz. da adabiy xodim (1935 — 41), Oʻzbekiston Davlat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va diktor (1935—48), «Qizil Oʻzbekiston» gaz. tahririyatida adabiy kotib (1948—49), partiya idoralarida instruktor (1949—51), Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953 — 57), «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida ssenariy boʻlimi boshligʻi (1957 — 62), Kinochilar uyushmasida kotib (1962-67), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshkarmasida boshliq (196776), Hamza teatrida direktor (1977-79), Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimi va Adabiyotni targʻib etish markazida rahbar (1980—90). Dastlabki «Sheʼrlar» toʻplami 1939-y. da nashr etilgan. Shundan keyin shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944), «Baxt tongotari» (1948), «Muborakbod» (1949), «Bolalar dostoni» (1950), «Qanotlan, qoʻshiqlarim» (1955), «Tanlangan asarlar» (1958), «Oromijon» (1961), «Gulyor» (1968), «Oftob nayzada» (1974) singari sheʼr, qoʻshiq va dostonlardan iborat toʻplamlari eʼlon qilingan.

Turob Toʻlaning sheʼriy ijodi lirik sheʼr, qoʻshiq, ballada va dostonlardan iborat. Asosan, qoʻshiq janrida samarali ijod qilgan («Hayo bilan». «Sumbula», «Koʻchalar», «Doʻppi tikdim», «Sartarosh qoʻshigʻi» va b.).

Turob Toʻla «Hamiyat» (1948), «Shaxlo», «Zamon hukmi» (1968), «Suyuk momo» (1975), «Tramvayda topilgan daftar» (1978) singari dostonlarida mehnatsevar zamondoshlari hayotiga murojaat etish bilan birga tarixiy oʻtmish saxifalarini ham varaqlash va moziyda roʻy bergan muhim voqealarga hoz. davr nigoxi bilan qarashga intilgan.

«Qizbuloq» (1968), «Quvvai qahqaha» (1969) va b. pyesalar yozgan. 1969 — 70 y. larda F. Shillerning «Mariya Styuart» tragediyasini oʻzbek tiliga tarjima qilgach, mashhur oʻzbek shoirasining fojiali hayotiga bagʻishlangan «Quvvai qahqaha» dramasini qayta ishlab, uni «Nodirabegim» nomi bilan sahnaga olib chiqqan (Hamza, Mukimiy va b. teatrlarda qoʻyilgan). Turob Toʻla ayni paytda oʻzbek va qardosh xalqlar adabiyotidagi sara asarlarning sahna variantini yaratish maqsadida Ch. Aytmatovning «Momo yer» qissasi asosida shu nomdagi musiqali drama, Oybekning «Qutlugʻ qon» romani asosida «Zulmatdan ziyo» opera librettosini, Hamid Olimjonning «Oygul va Baxtiyor» dostoni asosida shu nomdagi sheʼriy drama (1979)ni, «Malikai ayyor» oʻzbek xalq dostoni asosida shu nomdagi opera librettosi (1987)ni yaratgan. Gʻ. Zafariyning 20-y. larda respublika teatrlari sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan oʻynalgan «Xalima» musiqali dramasini qayta tiklab, Muqimiy teatrida sahnalashtirgan. Bulardan tashqari, oʻzbek xalq ertaklari asosida yaratilgan «Samarkand afsonasi» baleti librettosi gʻam bor. «Maftuningman» (1958), «Furkat» (M. Melkumov bilan hamkorlikda, 1960) kinofilmlari va «Shashmaqom» videofilmi ssenariysi muallifi. Turob Toʻla oʻziga zamondosh boʻlgan oʻzbek adabiyoti va sanʼati arboblari hakida qator adabiy portret, ocherk va xotiralar yozgan («Nafosat», 1967; «Kamalak» 1972). U. Shekspirning «Qiyiq kizning quyulishi» komediyasi, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. Shevchenko, A. Tukay, S. Muqonov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima kilgan.

As: Asarlar [3 j. li], 1—3j. lar, Turob toʻla, 1978 — 80; Yetti zogʻora, Turob toʻla, 1981.

Ad.: Aliyev M., Turob Tula, Turob toʻla, 1969; Moʻminova D., Davrimiz qoʻshiklari, Turob toʻla, 1977.


Lotin alifbosida maqola: TUROB TOʻLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
QOZOGʻISTON
FRANSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты