TURON KUTUBXONASI

«TURON» KUTUBXONASI, Toshkent viloyati «Turon» ilmiy universal kutubxonasi — Respublikadagi eng yirik kutubxonalardan biri, ilmiymaʼrifiy muassasa. 1918-y. Toshkent sh. da mustaqil ommaviy kutubxona sifatida ochilgan. 1919-y. da «Turon» nomi berilgan (1928—93 y. larda «Oktyabr» nomi bilan atalgan). Kutubxona joylashgan binoda dastlab 1913-y. da maʼrifatparvar Abdulla Avloniy boshchiligida «Turon» teatr truppasi tuzilgan. Toshkent sh. maʼrifatparvarlarining «Turon» jamiyati tashabbusi bilan va ularning shaxsiy kitoblari va sovgʻa qilgan jamgʻarmalari zaminida shu binoda kutubxonaga ham asos solingan (1913). «Turon kutubxonasi»k. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Gʻulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Mannon Uygʻur kabi taraqqiyparvar ziyelilarni birlashtirgan hamda Vatan, millat ozodligi uchun kurashda yuksak oʻrin tutgan maʼnaviy muxit shu yerda shakllangan.

Dastlab 4 ming kitob boʻlgan kutubxona fondida 400 mingdan ziyod asar mavjud (2004). Noyob nashrlar orasida Oktyabr toʻntarishiga qadar nashr etilgan asarlar, 1918-y. dan nashr qilingan gaz. lar jamgʻarmasi bor; hoz. kunda chop etilayotgan 100 ga yaqin davriy nashrlar va b. asarlar bilan kutubxona fondini toʻldirib boradi. «Turon kutubxonasi»k. da 8 boʻlim — ilmiy metodik, kitob fondini butlash, adabiyotlarga kutubxona usuli bilan ishlov berish, kitob saklash, maʼlumotbibliografiya, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish (uquv zallari bilan), almashuv fondi, axborot va zamonaviy texnologiya boʻlimlari bor. Kutubxona kitob koʻrgazmalarini, madaniyat merosiga bagʻishlab turli tadbirlar, taniqli olimlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlarni muntazam tashkil qiladi, bibliografiya metodikasi boʻyicha qoʻllanmalar nashr etadi. 1938-y. dan viloyatdagi 500 dan ortik, kutubxonalar uchun metodik markaz qisoblanadi, viloyat kutubxonalari xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etadi, seminartreninglar oʻtkazadi.

«Turon kutubxonasi»k. da avtomatlashtirish keng yoʻlga qoʻyilgan: Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib kutubxona jamgʻarmasidagi 75 ming nusxa oʻzbek tilidagi adabiyotlarning elektron katalogini tuzish yakunlandi. Huquqiy axborotlar bilan taʼminlovchi markaz, internetga ulangan kompyuter xonasi va b. texnik vositalarga ega.

Vazira Sobirova.


Lotin alifbosida maqola: TURON KUTUBXONASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
JADIDCHILIK
FRANSIYA
XITOY
ABDULLA QODIRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты