VOLT-AMPER

VOLT-AMPER — Xalqaro birliklar tizimi (SI)da oʻzgaruvchan tok toʻliq quvvatining oʻlchov birligi. Elektr zanjirdagi tok kuchi A taʼsir qiymatining uning qismlaridagi kuchlanish V ga koʻpaytmasidan iborat. V-A bilan belgilanadi. Faol quvvat (birligi — vatt) va reaktiv quvvat (birligi — var) xillarga boʻlinadi. V.-A manbaning zanjirga bergan eng koʻp quvvatini yoki elektr zanjiri isteʼmol qiladigan toʻla quvvatni bildiradi. Nominal toʻla quvvat oʻzgaruvchan toqsa ishlaydigan elektr mashinalari, transformatorlar parametrlarini, shuningdek nominal kuchlanishda ulardagi eng katta tok kuchini aniqlash imkonini beradi. Tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.


Lotin alifbosida maqola: VOLT-AMPER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VAR
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XALQARO BIRLIKLAR TIZIMI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты