TURONTOSH

TURONTOSH — Chayuniyon hukmdori (7-a. 2yarmi). Uning ismi Samarkanddagi Afrosiyob devoriy rasmlaridagi bitiklarda qayd etilgan. Ilk oʻrta asrlarda Chagʻoniyon viloyati Toxaristonga boʻysunar edi. Toxariston esa, oʻz navbatida, Turk xoqonligi (552—745) tarkibida edi. Bu paytda Toxaristonda xokrnlikka mansub turkiy yabgʻular sulolasi mavjud boʻlib, Toxaristonning aksariyat viloyat va tumanlarida turkiy hokimliklar vujudga kelgan edi. Xususan, xitoy rohibi Syuan Szanning maʼlumot berishicha, 640-y. larda Chagʻoniyonni turkiy hokim boshqarardi. Shuningdek, Tabariy 710-y. larda Chagʻoniyonda shad unvonli turkiy hukmdor boʻlganligini qayd etadi. Bu esa 7—8-a. larda Chagʻoniyonda turkiy sulola hukm surganligini koʻrsatadi.

Turontosh ismi ham turkiy boʻlib, u mazkur sulolaga mansub boʻlgan.

Ad.: Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severnaya BaktriyaToxaristan. Ocherki istorii i kulturы. Drevnost i srednevekovye, Turontosh, 1990.


Lotin alifbosida maqola: TURONTOSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты