TUROQ

TUROQ — boʻgʻinlarning misralar boʻyicha takrorlanib kelgan muayyan boʻlagi. Turoq sillabotonik sheʼr tizimida urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning sheʼr oʻlchovini belgilaydi. Barmoqtizimida sheʼr misralaridagi ritmik boʻlak hisoblanadi, sheʼrning ritmini, musiqiyligini vujudga keltiradi. Turoqlar aruzda rukn deb yuritiladi; ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga qarab xarakterlanadi. Sheʼriy misralar ikki, uch va undan ortiq Turoqdan tashkil boʻladi. Barmoq vazni sheʼrlaridagi xar bir misrada 2—3 T., har bir Turoqda 2—3—4 va undan ortiq boʻgʻin boʻladi.

Turoqlar misrada 2 katta guruhga boʻlinib keladi, buning natijasida bosh T. paydo boʻladi. Quyidagi misolda bosh Turoq 2 chiziq bilan koʻrsatilgan: Dare toʻlqin, Gʻ suvlar toshqin oʻtolmayman, Otim oriq, manzilimga yetolmayman. Otginamni/oriq qilgan — shu mayda tosh, Rangginamni/sariq qilgan—shu qalam qosh. (Oʻzbek xalq qoʻshigʻi).


Lotin alifbosida maqola: TUROQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARUZ
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты