VOLF

VOLF (Wolff) Kaspar Fridrix (1734. 18. 1, Berlin — 1794. 22.2, Peterburg) — nemis biologi. Oʻsimliklar vegetativ organlarining metamorfozi toʻgʻrisidagi taʼlimotning yuzaga kelishida katta hissa qoʻshgan. Epigenez nazariyasining asoschisi. Preformizmta qarshi chiqqanligi uchun Germaniyadan ketishga majbur boʻlgan. V. Peterburg FA aʼzosi (1767-y. dan) 1767-y. dan umrining oxirigacha Rossiyada ishlagan. Volf birinchi boʻlib embrion varaqlari toʻgʻrisidagi hoz. zamon taʼlimotiga asos solgan. Uning ilmiy ishlari embriologiya fanining rivojlanishi uchun zamin boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: VOLF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ROSSIYA
EMBRIOLOGIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты