VOLFART PASHSHASI

VOLFART PASHSHASI (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dogʻlari bor, uz. 9 — 13 mm. Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani oʻtloqlar va yaylovlardagi oʻsimliklar gulida koʻp uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaktida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, yetilgan (uz. 1 mm cha) lichinkalarini (120—160 tadan) hayvon tanasidagi yarachaqalarga, shuningdek koʻz, burun, ogʻiz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga tashlab ketadi. Lichinkalarining yaralarda yashash davri 2,5—3 kun. V. p. yiliga.6-marta boʻgʻin berishi mumkin. Volfart pashshasi lichinkalari odamlarga ham tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, teri burmalari yoki koʻz va burniga tushganda toʻqimalarni yeb, tuzalishi qiyin yaralar paydo qiladi.

Kurash choralari: lichinkalar yaradan pinset bilan terib tashlanadi, yara xlorformli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olinadi, yara lizol, volfartol, yodoform, kseroform, kreolin b-n yuviladi.


Lotin alifbosida maqola: VOLFART PASHSHASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты