VOLF-RAYE YULDUZLARI

VOLF-RAYE YULDUZLARI — t-rasi yorituvchanligi juda yuqori boʻlgan yulduzlar sinfi. Boshqa qaynoq yulduzlardan keng polosali nurlanish spektrida vodorod, geliy, kislorod, uglerod, azot mavjud boʻlishi bilan farqlanadi. V.R. yu. fransuz astronomlari Volf-raye yulduzlari Volf va J. Raye nomlari bilan bogʻliq. Shu olimlar oʻsha yulduzlarning xususiyatlarini birinchi marta aniqlashgan (1867). Galaktikada taxm. 130 V.-R. yu. maʼlum. Ularning yorituvchanligi Quyosh yorituvchanligidan 4000-marta ortiq, effektiv t-rasi 50000° dan yuqori. Ularning radiusi 10—15 Quyosh radiusiga teng, massasi 10 Quyosh massasini tashkil qiladi. Koʻpchilik V.-R. yu. yaqin qoʻshaloq yulduzlar hisoblanadi. Odatda, yoʻldoshlari 0 spektr sinfidagi normal qaynoq yulduzlar jumlasiga kiradi. V.-R. yu. spektrlarida nurlanish polosalari kengligi 50—100 A.


Lotin alifbosida maqola: VOLF-RAYE YULDUZLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YULDUZLAR
YER
FRANSIYA
QUYOSH
KISLOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты