VOLFRAM RUDALARI

VOLFRAM RUDALARI — texnika va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlangan darajasida volfram miqdorini ajratib olishda foyda keltiradigan tabiiy mineral hosilalar. Volframning 20dan ortiq minerali (volframit (Mn, Fe) [WOJ, sheyelit (CaWO4), gyubnerit Mn[WOJ va b.) maʼlum. Volfram rudalari tabiatda kassiterit (SnO2), molibdenit (MoS2), pyx, mis, qoʻrgʻoshin, sof oltin bilan birga uchraydi. Volframitda 74—76% gacha, sheyelitda 80% gacha \Yu3boʻladi. Volfram rudalarida koʻp miqdorda tantal va skandiy elementlari qoʻshimcha holida uchraydi. Volfram rudalari boyitish f-kalarida turli aralashmalardan tozalanib, gravitatsion, flotatsion metodlar b-n saralanib, konsentrat (50 — 60%li) holiga keltiriladi. Volfram rudalari konlari hosil boʻlishiga qarab greyzen, kontakt-metasomatik, gidrotermal, pegmatit-pnevmatolit, shtokverkli turlarga boʻlinadi va granit intruzalari bilan genetik bogʻliq. Gidrotermal konlar V. r. ga boy. Skarnli va shtokverkli turlari eng katta konlar hisoblanadi. Volfram rudalari konlari granitlar keng tarqalgan r-nlarda uchraydi. Tub konlarning yuvilib ketishidan volframit va sheyelitli delyuvial va allyuvial sochmalari hosil boʻladi. Volfram rudalarining Oʻzbekiston (Nurota togʻlari) da, xorijiy mamlakatlardan RF (Baykalorti, Primorye) Qozogʻiston, XXR, KXDR, Braziliya, Boliviya, Avstraliya, Portugaliya, Peru, Tailand, AQSH, Myanmada konlari topilgan. Volfram rudalarining 80% ga yaqini yuqori t-raga chidamli qotishmalar, lak-boʻyoqlar va korroziyaga chidamli materiallar olishda hamda elektrotexnika, radiotexnika, tibbiyotda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VOLFRAM RUDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
OLTIN RUDALARI
SKANDIY
TANTAL RUDALARI
TANTAL RUDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты