TURSUNOV Farhod Yusupovich

TURSUNOV Farhod Yusupovich (1931.30.10, Chimkent) — meʼmor, prof. (1985). ToshPI ni tamomlab (1957), shu yerda oʻqituvchi (1957 — 62), Loyihalash i. t. intida loyihalovchi va loyiha bosh meʼmori (1962 — 66), Toshkent sh. ijroiya qoʻmitasi Arxitektura planlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (1966 — 69), Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi (1968 — 80), Bosh plan inti direktori (1969 — 85), Oʻzbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni saklash jamiyati raisining 1oʻrinbosari (1985—88), 1988—91 y. lar Toshkent politexnika inti arxitektura ftida, 1991-y. dan Arxitektura va qurilish intida dare beradi. Qurilishda milliylik, tarixiy meʼmoriy anʼanalarni tabiiy iklim sharoitini hisobga olgan holda zamonaviy meʼmorlikka uygʻunlashtirish Tursunov ijodiga xos.

Tursunov shahar qurilishi majmuasidagi Toshkent sh. markazi loyihasi va qurilishi (1969—74, Davlat mukofoti, 1975), «Paxtakor» metro styasi (1977), «Xalklar doʻstligi» majmuasi (1982), «Turkiston» saroyi (1992), Respublika birja markazi (1996), Toshkent sh. hokimiyati binosi (1998) va b. qurilishlarda meʼmor syfatida ishtirok etgan. Haykaltaroshlik va meʼmorlikka oid ilmiy risolalar muallifi. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1991).


Lotin alifbosida maqola: TURSUNOV Farhod Yusupovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты