VOLFRAM QOTISHMALARI

VOLFRAM QOTISHMALARI — volframnint metallar — molibden (Mo), reniy (Re), mis (Si), nikel (Ne), kumush (A) va b., oksidlar (ThO2), karbidlar (TiC — titan karbidi) va b. birikmalar bilan hosil qilgan qotishmalari. Kukun metallurgiyam usulida yoki komponentlar (tarkibiy qismlar)ni yoyli pech va elektron-nurli pechda qovushtirish yoʻli bilan olinadi. Komponentlar volfram (W)HHHr oʻtga chidamliligini oshiradi, plastikligini yaxshilaydi (t-ra 500° gacha boʻlganda), ishlov beriluvchanligini osonlashtiradi, unda zarur fizikaviy xossalar paydo qiladi. Sanoatda asosan metall-keramik Volfram qotishmalari ishlatiladi. Ular volfram karbidi kukunlari bilan titan karbidi kukunlariga bogʻlovchi modda (kobalt) qoʻshib aralashtirish, hosil boʻlgan aralashmani maxsus qoliplarda presslash, shundan keyin 1500°—2000° da qovushtirish yoʻli b-n tayyorlanadi. Bundam qotishmalar nihoyatda qattiq boʻladi, bunga sabab ularning taxm. 95 foizi karbidlardan iboratligi. Volfram qotishmalari elektr-vakuum asboblarda qizdirgichlar, ekranlar tayyorlash uchun, 2500° gacha t-rada ishlatiladigan termopar materiallar sifatida, raketa va samolyotlarning baʼzi detallarini, giroskop rotorini tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibida 3—10% nikel va 2—5% mis boʻlgan Volfram qotishmalari «ogʻir qotishmalar» deb ataladi. Ular radioterapiyada — nurlanishdan himoya qiladigan material hamda radioaktiv preparatlar saqlanadigan konteynerlar tayyorlanadigan material sifatida ishlatiladi. Tarkibida 15% molibden boʻlgan qoʻsh V. q – reaktiv dvigatellarning parraklarini tayyorlashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VOLFRAM QOTISHMALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TITAN
NIKEL
KUKUN METALLURGIYASI
YER
METALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты