VOLFRAMATLAR

VOLFRAMATLAR — volframat kislotalarning tuzlari. Volframatlar normal (tarkibida WO42» ioni boʻlgan oddiy Volframatlar, monovolframatlar), izopolivolframatlar (izopolivolframat kislotalarning tuzlari), polivolframatlar (tarkibida \UpOz~+1 ioni boʻlgan Volframatlar) va geteropolivolframatlar (geteropolivolframat kislotalarning tuzlari) ga boʻlinadi. Oksidlanish darajasi + 1 va +3 ga, goho +2 (Sa, Sr, Va, R)ga teng boʻlgan metall monovolframatlarning strukturasiga WO4 tetraedrlari kiradi. Ishqoriy metallar, magniy va talliy (I)-monovolframatlar suvda yaxshi eriydi; eritmalaridan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi. Monovolframatlar metall tuzlari eritmalariga ishqoriy metallar V. ini taʼsir ettirib yoki stexiometrik miqdordagi metall oksidlari WO3 bilan birga 600— 800° da qizdirib olinadi. Tabiatda monovolframatlar sheyellit CaWO4, volframit (Fe, Mn) WO4 va b. minerallar koʻrinishida uchraydi. Monovolframatlarga 600—800° da WO3 taʼsir ettirilsa polivolframatlar hosil boʻladi. Monovolframatlar eritmalaridagi \UO42~anionlarining kislotali muhitda polikondensatsiyalanishi natijasida izopolivolframatlarning anionlari hosil boʻladi. Ishqoriy metallar V. va silikat, fosfat, arsenat yoki borat kislotalarning tuzlaridan tashkil topgan eritmalarda kislotali muhitda geterovolframatlarning kompleks anionlari, mas., [x(W3Ol0)J (8-p) hosil boʻladi. Bu yerda x—Si, P, As, Bi, p—oksidlanish darajasi. Geterovolframatlar eritmalardan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi, mas., K3[P(W3O,0)4]4H2O. Kaliy va natriy monovolframatlari volfram bronzalari i. ch. da qoʻllaniladi. Magniy, kadmiy va rux monovolframatlari — lyuminoforlar ishqoriy metallar va nodir elementlarning qoʻsh V. tarkibiga kiradi. Ba3WO6 termokatodlar tayyorlashda, kadmiy va terbiy monovolframatlari lazer materiali sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: VOLFRAMATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TALLIY
MAGNIY
METALLAR
OKSIDLANISH DARAJASI
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты