VOLFRAMIT

VOLFRAMIT — volframatlar guruxiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (Fe, Mn) [WO4]. Qoʻshimchalari Zn, Mg, Ta, Nb, Th, Sc va b. Monoklin singoniyali. Prizmatik kristallar. V. ning temirga boy turi — ferberit, marganesga boy turi — gyubnerit.

Rangi qoʻngʻir-qora. Qattiqligi 5—5,5; s. ogʻ. 6,7—7,5. Tarkibida temir boʻlgan xillari ogʻirroq, kuchsiz magnitli xususiyatga ega. Greyzenlar va kvars tomirlarida muskovit, topaz, flyuorit, berill, vismutin, kassiterit, molibdenit, arsenopirit, kamroq antimonit bilan birga uchraydi. Volfram olinadigan asosiy ruda. V. dan olingan volfram metallurgiyada oʻta qattiq qotishmalar tayyorlashda, elektrotexnika, kimyo, chinni sanoati va kulolchilikda ishlatiladi. V. Oʻzbekistonning Chatqol va Nurota togʻlarida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: VOLFRAMIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
KIMYO
TEMIR
MURUNTOV OLTIN KONI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты