TURSUNXOʻJAYEVA Munira Saʼdullayevna

TURSUNXOʻJAYEVA Munira Saʼdullayevna (1921.19.11 — Toshkent — 1976.7.4) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Tibbiyot fanlari dri (1956), prof. (1957). S. Tursunxoʻjayevning qizi. ToshTI ni tugatgach (1941), shu int gospital terapiya klinikasida ordinator (1941—44), davolash fti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent (1944—51), dotsent (1951—57), prof. (1957—60), stomatologiya fti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1960—69), davolash fti gospital terapiya kafedrasi (1969—71), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi (1971—76) mudiri. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoning issiq iklim sharoitida uchraydigan ichak kasalliklari, ateroskleroz va b. da moddalar almashinuvining oʻzgarishlarini oʻrganishga hamda geriatriya va gerontologiyaning turli dolzarb masalalariga oid. Toshkentdagi tibbiyot kollejlaridan biriga Tursunxoʻjayeva nomi berilgan.

As: K vitaminoterapii ateroskleroza v usloviyax Uzbekistana, Tursunxoʻjayeva, 1974.


Lotin alifbosida maqola: TURSUNXOʻJAYEVA Munira Saʼdullayevna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
TOSHKENT VILOYATI
FRANSIYA
HAMIDOVA Manzura Hamidovna


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты