TURSUNQULOV

TURSUNQULOV Hamroqul (1892, hoz. Fargʻona tumani Vodil qishlogʻi — 1965.9.8, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Shoʻralisoy qishlogʻi; Toshkent sh. da Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan) — qishloq xoʻjaligi. ishlab chiqarishi tashkilotchisi. 3-marta Mehnat Qaxramoni (1948, 1951, 1957). Fargʻona viloyati Chimyon volost ijroiya qoʻmitasi raisi (1922—23), Chimyon rn «Qoʻshchi» uyushmasi raisi (1925), Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida «Birlik» va «Mehnat» qishloq xoʻjaligi. artellarini tuzgan (1929). Tojikistonda davlat xoʻjaligi direktori (1930—35). 1935-y. dan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi «Sharq yudduzi» kzi (hoz. H. Tursunqulov nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlgan. Tursunqulov rahbarligida kz respublikada ilgʻor xoʻjaliklar qatoriga koʻtarilib, dehqonchilik va chorvachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan. Shoʻralisoy qishlogʻida Tursunqulov muzeyi bor. Fargʻona viloyati Fargona tumanida shirkat xoʻjaligi, Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri Tursunqulov nomiga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: TURSUNQULOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
TOJIKISTON
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты