TURUNJ

TURUNJ (arab. — limon) — naqsh turi; hoshiya va asosiy maydondan tuziladigan naqsh mujassamoti markaziga ishlanadi. Shakli limonga oʻxshaganligi uchun shunday atalgan. Naqqoshlik taraqqiyoti davomida Turunj shakl jihatidan boyib va mukammallashib borgan: tuxumsimon, doyra, romb, 5 — 10 va undan ortik, qirrali yulduz shakllari koʻp uchraydi. Markaziga Turunj, chetiga ruta va b. hoshiya naqshlar ishlanadigan toʻrtburchakli mujassamot keng tarqalgan. Turunj axtasn qogʻozni 4, 8, 16 ga buklab, bir boʻlagiga naqsh chizib tayyorlanadi; soʻng naqsh bezatiladigan sirtga tushiriladi.

Amaliy bezak sanʼatining barcha sohalari (naqqoshlik, gilamchilik, ayniqsa, zardoʻzlik va b.)da keng qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TURUNJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
GILAMCHILIK
NAQSH
YER
NAQQOSHLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты