TURUXTAN

TURUXTAN (Philomachus pugnax) — balchiqchilar turkumiga mansub qush. Tanasi 26 sm cha. Narining qanoti 17,5 — 19 sm, ogʻirligi 184 g cha, modasining qanoti 14—16,5 sm, ogʻirligi 108 g cha. Urchish davrida narining boʻyin va boshi orqasidan rangbarang tusda uzun patlar oʻsib chiqadi. Modasi bir oz odmiroq. Urchish davri tugagach, ikkala jins bir-biriga oʻxshash tusga kiradi. Yevropa va Osiyoning shim. hamda moʻtadil mintaqalarida uya quradi. Jan. va tropik Afrikada, shuningdek, Jan. Osiyoda qishlaydi. Turuxtan — poligam kush. 4 ta tuxum qoʻyadi. 22—23 kun bosadi. Mayda umurtqasiz hayvonlar, oʻsimlik urugʻlari bilan ozikdanadi. Goʻshti mazali. Ovlanadi. Oʻzbekistonda migratsiya davrida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TURUXTAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
XITOY
YER
ROSSIYA
BOTQOQ BALCHIQCHILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты