TURFON SULTONLIGI

TURFON SULTONLIGI, Turfon davlati — markazi Turfon sh. boʻlgan davlat nomi. Turfon Buyuk ipak yoʻlitsa muhim oʻrin tutgan joy boʻlganligi sababli, bu zaminda 2 ta davlat mavjud boʻlgan. Ulardan dastlabkisi Turfonda topilgan tosh bitiklarda Qoʻchoʻ (Kuju), Xitoy manbalarida Gaochan davlati deb nomlangan. Mazkur davlatning tashkil topgan vaqti 460-y. ga, yoʻq qilingan vaqti 9-a. ning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Bu davlatda Budda dini yuksak darajada rivojlangan. Shu sababli gʻarbga safar qilgan Xitoy rohiblari bu zaminni ziyorat qilmay oʻtmagan. Qoʻchoʻ davlati Xitoyga yaqin boʻlganligi sababli doim ushbu mamlakatning tavdidi ostida turgan. Xitoy imperatorlari esa Turfonni oʻz nazorati ostiga olishga harakat qilgan. Turk xoqonligi davrida Qoʻchoʻ turklarga tobe boʻlgan. Qoʻchoʻ davlatining poytaxti hoz. Turfon sh. ning sharqiy tomonida va 40 km narida joylashgan Qoraqoʻchoʻ boʻlgan. Hoz. kunda uning faqat xarobalarigina saqlanib qolgan.

Ikkinchi Turfon davlati 9-a. ning oʻrtasida tashkil topgan boʻlib, uning nomi tarixda Turfon idiqutligi deb ham ataladi. Mazkur davlat Xitoy manbalarida Gaochan xueguguo, Shichjou (Sichjou) xueygu guo deb nomlangan. Bu Turfon yoki Gʻarbiy oʻlka uygʻur davlati maʼnosini anglatadi. Ushbu davlat hududiga hoz. SinszyanUygʻur muxtor rnining Koʻchar, Qorashar, Jimusa, Urumchi, Kumul (Xami) viloyatlari kirgan. Turfon sh. yuksak madaniyat va xalqaro savdo markazlaridan biriga aylangan. Ushbu davlat qoraxoniylar xoqonligi tashkil topganidan soʻng uning hududiga qoʻshib olingan.


Lotin alifbosida maqola: TURFON SULTONLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
TURK XOQONLIGI
YAPONIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты