TURSHAK — danagi bilan oftobda kuritilgan oʻrik. Danagi etidan qiyin ajraladigan, bargakka yaroqsiz, mayda oʻrik navlari (Qandtak, Boboiy, Oqnuqul va b. mevalari) Turshak qilinadi. Hosil yigʻilgach, tozalanib yuviladi, savat yoki bordonlarga yoyib, kuritiladi. Har 4—5 kunda agʻdarib turiladi. 8—15 kunda qurib, Turshak boʻladi. Ayrim joylarda Turshakga kurt tushmasligi uchun oʻrikni quritishga tayyorlashda uni savati bilan anjir barglari solingan qaynoq suvga bir muddat botirib olinadi. Oltingugurt bilan (har 1 kg mevaga 2—2,5 g dan) 1,5—2 soat mobaynida dudlab quritilganda rang kiradi, sifati ortadi. Turshak tarkibida 40— 90% qand, 1,2—6,9% kislota bor.