TURGʻAR

TURGʻAR — Sugʻd (Samarkand) hukmdori (738—750). Gʻuraknnnt oʻgʻli. Uning ismi oʻzi zarb qildirgan tangalarda twryʻr («Turgʻar»), xitoy yilnomalarida Duge (Touho), arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarida qayd etiladi. Shuningdek, u arab manbalarida «alMuxtor» («Tanlangan») laqabi bilan ham zikr etiladi. Turgʻar otasi oʻrniga arablarga vassal sifatida 738-y. da Samarkand taxtiga oʻtirgan va musulmoncha Yazid ismini olgan. Bu paytgacha u Ishtixon hokimi boʻlgan, Jumladan, Tanshu nomli xitoy yilnomasida Kan (Sugʻd) hukmdori Ulega (Gʻurak)ning 731-y. Duge ismli oʻgʻlini Sao (Ishtixon) sh. ga, Mochjo ismli 2oʻgʻlini Mi (Maymurgʻ) sh. ga hokim etib tayinlanganligi va uning otasining oʻlimidan soʻng Samarqand hukmdori boʻlganligi qayd etiladi.

Turgʻarning yoshlik yillari arab bosqinlari va ularga qarshi otasi Gʻurakning olib borgan kurashlari davriga toʻgʻri kelgan. U arablarning vassali sifatida Sugʻd ixshidi boʻlib turgan davrda ham arablarga qarshi zimdan kurash olib borgan. Xususan, uning 740, 750-y. larda Xitoyga elchilar yuborganligi maʼlum.

Turgʻarning avlodlari hadisshunos olimlar boʻlib, atTurkiy anNasafiy nisbasi bilan ijod qilishgan. Jumladan, ular orasida Abu Axmad Tolib ibn Ali ibn alHasan ibn Turxar ashShirakasiy anNasafiy (vafoti 900-y.) va 10—11alarda yashagan Abu Isʼhoq Ibroxim ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Abdulloh Muhammad ibn Amr ibn Solih ibn Turxar anNasafiy atTurxariy kabi nasaflik hadisshunoslar uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TURGʻAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TEMURIYLAR
AMIR TEMUR
SAMARQAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты