VORONEJ

VORONEJ — RFdagi shaxar, Voronej viloyatining markazi (1934-y. dan). Yirik t. y. tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iktisodiy r-nining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. Voronejda mashinasozlik (vagon tuzatish z-di, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, radiodetal, q. x. mashinasozligi), kimyo (sintetik kauchuk, farmatsevtika z-dlari), qurilish materiallari z-dlari, oziq-ovqat (yogʻ-moy, un-yorma, sut k-tlari, konditer, makaron f-kalari va b.), yogocheozlik, yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik) rivojlangan. Voronejda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan un-t),oʻlkashunoslik, badiiy, tasviriy sanʼat muzeylari, 4 teatr, telemarkaz bor. 17—18-a. larning meʼmoriy yodgorliklari saklangan. Voronejga 1585-y. qalʼa sifatida asos solingan va keyinchalik Rus davlati chegaralarini jan. tomonga jadal kengaytirishda tayanch punkti boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: VORONEJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
OLIY OʻQUV YURTLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты