VORONEJ VILOYATI

VORONEJ VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1934-y. 13-iyunda tuzilgan. Mayd. 52,4 ming km2. Aholisi 2475 ming kishi (1999), 15 shahar va 22 shaharcha bor (1991). Jan. da Ukrainaning Lugansk viloyati bilan chegaradosh. Markazi — Voronej sh. V. v. ning kattagina qismini Oʻrta Rossiya qirlari (eng baland joyi 242 m) va Oka-Don tekisligi egallagan. Jan.-sharqiy qismida Kalach qirlari bor. Foydali qazilmalari: mergel, boʻr, har xil gil, kvars kumi va b. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da — 10,5°, jan. da —8,5°, iyulniki 19,6° — 21,8°. Yiliga 550—560 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 190—200 kun. Asosiy daryosi — Don va uning irmoqlari: ungda — Veduga, Devitsa, Tixaya Sosna, Chernaya Kalitva, Potudan, chapda — Voronej, Bityug, Osered va b. Asosan, qoratuproq, dare vodiylarida allyuvial oʻtloqi tuprokdar tarqalgan. Viloyat dasht va oʻrmondasht zonasida. Oʻrmonlar, asosan, daryo vodiylarida qolgan. Viloyatda Voronej qunduz qoʻriqhonasi va Xopyor vixuxol qoʻriqxonasi tashkil qilingan.

Sanoatining energetika bazasini Voronej GRES, Noviy Voronej AES va yirik korxonalarning TESlari tashkil etadi. Mashinasozlik — sanoatining yetakchi tarmogʻi. Kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati, savdo, suv xoʻjaligi uchun texnologik asbob-uskunalar, metall qirquvchi stanoklar, temirchilikpress mashinalari, ekskavatorlar, yer qaziydigan frezer mashinalar, turli q. x. mashinalari, jumladan don tozalaydigan mashinalar, kuprik konstruksiyalari va b. buyumlar ishlab chiqariladi. Televizor, radiopriyomnik va radiola i. ch. katta ahamiyatga ega. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik kauchuk, shina, farmatsevtika preparatlari Voronejda). Qurilish materiallari: oʻtga chidamli buyumlar (Semiluki), sement (Podgorenskiy), sopol plitalar, yigʻma temir-beton (Voronej), boʻr va ohak (Kopanishche) tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida yogʻ, shakarqand, goʻsht, un-yorma tarmoqlari rivojlangan. Gʻalla, kartoshka va sabzavot-poliz hamda texnika ekinlari va yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik, asosan goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilikda xolmogori gʻozi koʻp. Voronej viloyatida qoramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. T. y. rivojlangan. Asosiy t. y. magistrallari (Moskva — Voronej — Rostov-Don va Penza — Liski — Xarkov) elektrlashtirilgan. Don va Voronej daryolarida kema qatnaydi. Voronej viloyatida 9 oliy oʻquv yurti, 4 teatr, 4 muzey bor.


Lotin alifbosida maqola: VORONEJ VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты