VORONEJ OT ZOTI

VORONEJ OT ZOTI — arava, chana va qoʻshga qoʻshiladigan, yuk tashishga moslashgan ot. Voronej viloyatining qator tuman va xoʻjaliklarida Rossiyada bityug nomi bilan maʼlum boʻlgan mahalliy otlarni ogʻir yuk tortuvchi va yoʻrtoqi ot zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Voronej ot zoti qishloq xoʻjaligi va b. ishlarni bajarishsa ishchanligi bilan ajralib turadi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi, chidamli. Zot ichida qoramtir va qora tusli otlar koʻp. Aygarlarining tirik vazni 550 kg, biyalariniki 525 kg. Dehqon va fermer xoʻjaliklarida ishlatish uchun Voronej ot zoti qoʻl keladi.


Lotin alifbosida maqola: VORONEJ OT ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YILQICHILIK
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты