TURGʻUNOV Abdullaxon (1948.29.5, Namangan sh.) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Andijon pedagogika intini tugatgan (1971). 1971 78 va 1981 92 y. larda Namangan sh. dagi 28maktabda, 1992-y. dan viloyat aniq va tabiiy fanlar internat litseyida kimyobiol. oʻqituvchisi. 1978 — 81 y. larda viloyat oʻqituvchilar malakasini oshirish intida kimyo kafedrasi mudiri. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida oʻtadi. Namunali kimyo lab. ni va «Yosh kimyogar» toʻgaragini tashkil etgan.