VORUX KITOBALARI

VORUX KITOBALARI, Vorux katibalari — yozuv yodgorlik. Isfayramsoy (Fargʻona vodiysi)ning yuqori qismidagi Vorux qishlogʻi yaqini (4 km nari)dan topilgan. U tik qoyatoshga kufiy yozuvda oʻyib bitilgan. Vorux kitobalari balandligi 2 m., uz. 6,15 m. 1041-y. ga oid 1-kitobada qoraxoniylar sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abulfazl Abbos Arslon Teginning nomi va nasabi, uning ayrim ishlari yozilgan. 2-kitoba hali oʻqilmagan; bunisi 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida yozilgan deb taxmin qilinadi. Vorux kitobalari qoraxoniylar sulolasi hukmronligi tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: VORUX KITOBALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOZUV
XITOY
QORAXONIYLAR DAVLATI
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты