VOSITACHILIK

VOSITACHILIK (diplomatiyada) — ikki yoki bir necha davlatlar oʻrtasida muzokaralar olib borilishini yoʻlga qoʻyish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular muvaffaqiyatini taʼminlovchi vositalardan biri. Vositachilik vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mashʼum «sovuq urush» tugallanib, Sharq b-n Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga oʻtilishi sharoitida mahalliy mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun Vositachilikdan keng foydalanilmoqda. Mas., BMTning, BMT Bosh kotibi, uning muovinlari, maxsus vakillari va maʼlum maqsadlarda tuzilgan missiyalari Vositachilik faoliyati tufayli turli mintaqalar (Afrikada — Angola va Namibiya, Lotin Amerikasida — Nikaragua va Salvador, Osiyoda — Kampuchiya, Yevropada — Bosniya)-da yuz bergan qurolli mojarolar toʻxtadi, Yevropa Ittifoqining qator aʼzolari, AQSH va Rossiya vakillaridan iborat sobiq Yugoslaviya boʻyicha aloqa guruhi Bosniya va Gersegovinada sodir boʻlgan urushni tugallashga erishdi.


Lotin alifbosida maqola: VOSITACHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты