VOSIQOVA Mamlakat Sobirovna

VOSIQOVA Mamlakat Sobirovna (1924. 25. 12 – Toshkent – 1997.12.1) – huquqshunos olima, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist (1974). Yuridik fanlari d-ri (1978), prof. (1986). Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1946). Oʻzbekistan Adliya vazirining oʻrinbosari (1952— 57), Oʻzbekistan Oliy Sudi raisining oʻrinbosari (1957—60). Oʻzbekiston Oliy Kengashi Prezidiumida yuridik boʻlim mudiri (1960—64), Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi yuridik komissiya raisi (1964—70). Oʻzbekiston Adliya vaziri (1970—84). 1984-y. dan Toshkent davlat iqtisodiyot un-tida huquq asoslari kafedrasi mudiri. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida koʻp jildli qonunlar toʻplami va qonunlar majmuasi (1984) hamda oʻzbek tilida fuqarolik, jinoyat, jinoyat-protsessual, nikoh va oila kodekslariga sharxlar tayyorlanib nashr etilgan. «Shuxrat» medali b-n taqdirlangan (1994).


Lotin alifbosida maqola: VOSIQOVA Mamlakat Sobirovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты