TUT ODIMCHISI

TUT ODIMCHISI (Apocheima cineraius Easch.) — kapalaklar turkumining odimlovchilar oilasiga mansub hasharot; tut bargining ashadiy zararkunandasi. Kapalagi sargʻish. Qanotlarini yoyganda 25 mm. Tut odimchisi bir yidda 1 avlod beradi, shundan 9 oyini yer tagida gʻumbak holda oʻtkazadi. Erta bahorda urgʻochi kapalagi 800—1000 donagacha tuxum qoʻyadi. Qurti martning 2yarmi yoki apr. boshlarida chika boshlaydi. Hayoti davrida 5 yoshni oʻtaydi. Qurtlar yangi tut kurtagi va barglarini kemirib, uni butunlay yoʻq qiladi. Har bir qurt oʻrtacha 1,5 kg barg isteʼmol qiladi (ipak qurtiga qaraganda 8-marta koʻp). 30—40 kundan soʻng (may oyi boshlarida) 20—30 sm chuqurlikda oʻziga in yasab, gʻumbakka aylanadi va shu joyda qishlaydi.

Tut odimchisi qurtini yoʻqotish uchun kompleks agrotexnik (tut daraxtlari tagini kuzda va bahorda yumshatish, kuzda tut kator oralarini chuqur haydash, begona oʻtlarni yoʻqotish) hamda kimyoviy kurash (tutning koʻkarib turgan kurtaklariga karbofos, Bi58, siperfos, sumialfa preparatlaridan birining 0,1—0,3% eritmasi purkash) choralari tavsiya etiladi.


Lotin alifbosida maqola: TUT ODIMCHISI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IPAK QURTI
YER HAYDASH
XITOY
BEGONA OʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты