TUTASH MUHITLAR MEXANIKASI

TUTASH MUHITLAR MEXANIKASI — mexanikaning gazlar, suyuqliklar, plazma va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning harakati hamda muvozanatini oʻrganuvchi boʻlimi. Gidrodinamika, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, shuningdek, qator boshqa nazariyalarini oʻz ichiga oladi. Tutash muhitlar mexanikasi moddaning diskret (atom, molekulyar) tuzilishini hisobga olmaydi, uni yaxlit, uzluksiz muhit deb qaraydi. Muhitning xarakati va muvozanati tenglamalari, uzilmaslik tenglamasi, energiyaning saklanish qonuni, shuningdek, kuchlanishlar, deformatsiyalar, deformatsiya tezliklari va b. orasidagi bogliklik munosabati Tutash muhitlar mexanikasining asosini tashkil etadi. Muhit xarakteristikalari tra va b. fizikkimyoviy parametrlarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Aniq bir masala yechilayotganda yuqorida sanab oʻtilgan tenglamalardan tashqari muhitning xususiyatlariga bogʻliq boshlangʻich va chegaraviy shartlar ham berilishi shart. Tutash muhitlar mexanikasi usullari fan va texnikada keng qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUTASH MUHITLAR MEXANIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
MEXANIKA
YER
KIMYO
ATOM FIZIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты