VOQELIK

VOQELIK — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi obyektiv reallik. Keng maʼnoda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor maʼnoda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida Voqelik turlicha talqin etilgan. Xususan oʻrta asr falsafasida ilohiyot bilan bogʻlab tushuntirilgan: 16—17-a. faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) V. ni fazo va vaqtda» mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. Voqelikni mantiqiy bilishning muhim bosqichi deb hisoblagan Gegel, Voqelik — oʻz-oʻzini anglashga intilgan mutlaq gʻoyaning muayyan holati, mohiyat va mavjudlikning birligidir, deb tushuntiradi. Voqelikka dialektik yondashish, uni bir butunlikda, umumiy va oʻzaro aloqadorlikda tekshirish undagi muhim yoʻnalish, bogʻlanishlarni anglashga imkon beradi. Voqelikni haqiqiy baholash, undan toʻgʻri xulosalar chiqarish Voqelikni oʻzgartirishning garovi sanaladi. Hayot jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatish va oʻrganish orqali Voqelik mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning rivojlanish tendensiyasini aniqlash, kelajakni oldindan koʻra olish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: VOQELIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FALSAFA
GEGEL
YAPONIYA
IBN SINO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты