VOHA

VOHA — 1) choʻl va chala choʻllarda obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qoʻshni r-nlarga nisbatan koʻp. Yer osti suvlari yuza boʻlib, buloqlar chiqib yotadi, daryolar vaqt-vaqti bilan toshib turadi. Vohalar koʻpincha daryo, koʻl, kanal va quduqlardan suv bilan taʼminlanadi. Maydoni bir necha oʻn km2 dan bir necha oʻn ming km2 gacha boʻladi. Shim. Afrika, Gʻarbiy Osiyo va Markaziy Osiyo choʻllarida mashhur Vohalar bor. Toshkent, Murgʻob, Xorazm, Buxoro V. lari, Fargʻona vodiysidagi Vohalar ham ancha katga. Odatda, Voha larda aholi zich yashaydi.

2) Antarktidaning muzdan xoli boʻlgan joylari.


Lotin alifbosida maqola: VOHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты