VOHA CHIGIRTKASI

VOHA CHIGIRTKASI, italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) — chigirtkalar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Erkagi tanasining uz. 14,5—24 mm, urgʻochisiniki 24—41 mm. Baquvvat tanasi toʻq qoʻngʻirdan och kulrang yoki sargʻish kulranggacha. Tuxumli koʻzachasining kattaligi 14—41 mm boʻlib, koʻpincha uvatlarga, dala, yoʻl chetlari, partav yerlardagi chimga qoʻyadi. Yevropa, Shim. Afrika, Xitoy, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Jan. Oltoy oʻlkasi, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Voha chigirtkasi shuvoqboshoqli oʻsimliklar oʻsadigan choʻllarga xos. Juda koʻpayib ketgan yillari gʻoʻza, dukkakli, poliz, boshoqli va b. ekinlarga zarar keltiradi (yana q. Chigirtka).


Lotin alifbosida maqola: VOHA CHIGIRTKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
ITALIYA
XITOY
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты