TUXUMDON

TUXUMDON — odam va hayvonlardagi urgʻochilik jinsiy bezi. Tuxumdonda tuxumhujayra hosil boʻladi va yetiladi (faqat bulutlar va tuban kovakichlilarda Tuxumdon aloxida organ sifatida shakllanmagan). Umurtqali hayvonlarda Tuxumdon ichki sekretsiya bezi sifatida gormon (follikulin va b.) ham ishlab chiqaradi. Tuxumdon embrion hujayra paylari oʻsgan biriktiruvchi toʻqimali asosdan iborat; bu paylar dumaloq follikulalarga (ichida faqat bitta tuxumhujayra rivojlanadi) va bir kator somatik yoki follikulyar xujayralarga (taraqqiy etayotgan tuxumhujayra atrofida joylashgan) ajraladi. Yetilgan follikulalar T. sirtiga siljiydi va tuxum T. devori yoriqlaridan tana boʻshligʻiga tushadi. Sut emizuvchilarda yorilgan follikulalar oʻrnida sariq tana rivojlanadi.

Odam tuxumdoni ovalsimon shaklda; bachadonning ikki yonida, kichik chanokda joylashgan; uning keng boylamlariga (bachadon nayidan pastroqqa) birikkan.

Ayollarning yoshiga va organizmning umumiy funksional holatiga qarab Tuxumdonning jinsiy faoliyati turlicha boʻladi (yana q. Jinsiy aʼzolar).


Lotin alifbosida maqola: TUXUMDON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JINSIY SIKL
YER
BACHADON
HUJAYRA
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты