VRANGEL Ferdinand Petrovich

VRANGEL Ferdinand Petrovich (1797, Pskov – 1870, Tartu) – rus dengiz sayyohi, admiral, Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1855-y. dan). Rossiya geogr. jamiyatining muassislaridan biri. 1817—19 y. larda «Kamchatka» kemasida dunyo aylanasi boʻylab suzishda qatnashgan. 1820—24 y. larda Kolima ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. Ekspeditsiya Sibir sohilining Indigirka daryosidan Kolyuchi qUltiqchasigacha boʻlgan qismini tavsifladi va xaritaga tushirdi, tabiiy boyliklari va xalqlari haqida maʼlumotlar toʻpladi. Chukotka dengizi sharqidagi orolning (keyinchalik Vrangel nomiga qoʻyilgan) Urnini aniqladi. 1825—27 y. larda dunyo aylanasi buylab suzgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. 1829—35 y. larda Amerikadagi rus qishloqlarini boshqargan. 1835—57 ylarda dengiz ishlari vaziri. 1864-y. da isteʼfoga chiqqan. Vrangel nomiga Alyaska ya. o. dagi togʻ va burun qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: VRANGEL Ferdinand Petrovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
OSIYO
TOSHKENT
LITKE Fyodor Petrovich
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты