TUSHPA

TUSHPA — Van koʻli (Turkiya) sharqiy sohilida joylashgan qad. shahar, Urartu davlati poytaxti (mil. av. 9—6a. lar). Tushpaning qalʼa qismi baland qoya ustiga qurilgan. Podsho Menua davrida (mil. av. 9-a. oxiri) togʻ buloklaridan shaharga kanal oʻtkazilgan. 1916-y. I. A. Orbeli qoyatoshning jan. yon bagʻridan podsho Sarduri II (mil. av. 8-a. oʻrtasi) yilnomasi bitilgan katta ustun (stela) ni topgan. Tushpa ossuriy yozma manbalarida bir necha marta qayd etib oʻtilgan. Mil. av. 735-y. ossuriyaliklar shaharni vayron qilishgan boʻlsada, qalʼani egallay olishmagan. Mil. av. 7-a. da podshoh qarorgohi Tushpa tarkibiga kiruvchi Tuproqqalʼaga koʻchirilgan. Qalʼa mil. av. 6-a. boshida midiyaliklar tomonidan vayron etilgan, lekin Axomaniylar davrida qalʼada hayot davom etgan.


Lotin alifbosida maqola: TUSHPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TURKIYA
XITOY
ROSSIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты