VRACHLAR KONSULTATSIYA KOMISSIYASI

VRACHLAR KONSULTATSIYA KOMISSIYASI (VKK) – Oʻzbekistonda davolash va profilaktika muassasalari (poliklinikalar, kasalxonalar, dispanserlar va b.)dagi maxsus komissiya. Bosh vrachning ekspertiza boʻyicha oʻrinbosari (VKK raisi), tegishli boʻlim mudiri va davolovchi vrachlardan tuziladi. Faqat VKK kasallik varaqasi muddatini choʻzish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha bahs va janjalli masalalarni hal qilish, kasalligi uzoq davom etgan bemorlarni mehnat qobiliyatini aniqdash tibbiy-ekspert komissiyasita yuborish huquqiga ega. uchun yoʻllanma berish, mehnat sharoitlarini oʻzgartirish yoki betobligi tufayli yengilroq ishga oʻtkazish (vaqtincha yoki doimiy) toʻgʻrisida tavsiyanomalar ham beradi. Bemorni VKK ga davolovchi vrach, davolash muassasasining boʻlim mudiri, kasaba uyushmasining sugʻurta vrachi yuboradi. Bundan tashqari, VKK davolovchi vrachlar faoliyatini nazorat qiladi va tegishli maslahatlar beradi.


Lotin alifbosida maqola: VRACHLAR KONSULTATSIYA KOMISSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI
SOGʻLIQNI SAQLASH
SUGʻURTA
OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI
KASABA UYUSHMALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты