TUYABOʻYINLAR

TUYABOʻYINLAR (Raphidioptera) — toʻr qanotli hasharotlar turkumi. 100 turi maʼlum. Shim. yarim sharda tarqalgan. Tanasi 15—20 mm. Qanoti tiniq. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi choʻzilib, tuya boʻyniga oʻxshab qayrilgan (nomi shundan). Tuxumini nam oʻrmonlarda poʻstloq, quruq oʻrmonlarda esa barg toʻshamalari ostiga qoʻyadi. Lichinkalari daraxtlar poʻstlogʻi yoriklarida va poʻstloq ostida yashaydi. Hasharotlar qurtlari, tengsiz ipak qurtlari, poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar, shiralar tuxumlarini yeb, oʻrmonchilikka foyda keltiradi. Tuyaboʻyinlar gʻumbagi harakatchan.


Lotin alifbosida maqola: TUYABOʻYINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
ROSSIYA
OKEAN
FOYDA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты